Implant yoki ko'prik? Ilmiy taqqoslash va tanlov mezonlari

⏱ 2 daqiqa o'qish Muallif: Dr Muhriddin Baxriddinov, implantolog

Qaysi biri yaxshiroq va nega?

Bitta tish yo'qolganda ikkita asosiy yechim bor: implant yoki ko'prik. Har birining aniq ko'rsatkichlari va cheklovlari mavjud.

ASOSIY FARQ

Ko'prik — yo'qolgan tish o'rnini qoplash uchun ikki yon tish yo'niladi va ular ustiga uch qismli konstruksiya o'rnatiladi.

Implant — suyakka titan ildiz o'rnatiladi, yon tishlarga tegilmaydi.

SOG'LOM TISHLAR MASALASI

Bu eng muhim farq. Ko'prik uchun ikkita sog'lom tish emalining sezilarli qismi yo'niladi. Ko'p hollarda ular nervsizlantiriladi (depulpatsiya), bu esa tishni mo'rt qiladi.

Implantda yon tishlar butunligicha qoladi.

SUYAK HOLATI

Tish yo'qolgach, uning ildizi bajargan yuklama yo'qoladi va suyak asta-sekin so'riladi (atrofiya). Birinchi yilda suyak kengligi 25% gacha kamayishi mumkin.

Implant suyakka yuklama beradi va bu jarayonni to'xtatadi.

Ko'prik esa suyakka yuklama bermaydi — uning ostida suyak so'rilishda davom etadi. Yillar o'tib ko'prik ostida bo'shliq paydo bo'ladi.

XIZMAT MUDDATI

Implant: 10 yillik omon qolish 96,4% (2019, meta-tahlil, 18 tadqiqot). 20 yillik 88-92%.

Ko'prik: 10 yillik omon qolish odatda 85-90%. Asosiy muvaffaqiyatsizlik sabablari — tayanch tishlarda kariyes yoki ildiz sinishi.

Muhim: ko'prik ishdan chiqsa, ko'pincha tayanch tishlar ham yo'qoladi — muammo kattalashadi.

VAQT VA NARX

Ko'prik: 1-2 hafta. Narxi bir vaqtning o'zida pastroq.

Implant: 2-6 oy (osseointegratsiya kutiladi). Boshlang'ich narxi yuqoriroq.

Lekin uzoq muddatda hisob o'zgaradi: ko'prik 10-15 yilda almashtiriladi va har safar tayanch tishlar yana yo'niladi. Implant esa o'nlab yillar turadi.

QACHON KO'PRIK MA'QUL

  • Yon tishlar allaqachon yo'nilgan yoki katta plomba bilan
  • Suyak juda kam va bemor suyak transplantatsiyasini xohlamaydi
  • Tez natija kerak
  • Implantга tibbiy qarshi ko'rsatma bor

QACHON IMPLANT MA'QUL

  • Yon tishlar sog'lom
  • Suyak yetarli yoki tiklash mumkin
  • Uzoq muddatli yechim kerak
  • Bemor og'iz gigiyenasiga rioya qiladi

XULOSA

Zamonaviy stomatologiyada implant afzal ko'riladi — sog'lom tishlarga tegilmaydi va suyak saqlanadi. Lekin har bir holat individual.

Bepul konsultatsiyada 3D rentgen natijangizni ko'rib, sizning holatingizda qaysi biri to'g'riroq ekanini aniq aytamiz — natijasi bo'yicha, sotuv maqsadida emas.

Biz bilan aloqa

Manzil
Chilonzor 19 kvartal 23-uy, Toshkent
Ish vaqti
Dushanba–Shanba: 09:00–20:00
Telefon
📞 Qo'ng'iroq qilish
Ijtimoiy tarmoqlar

Boshqa maqolalar