Restavratsiya

Tishlarni tiklash — estetik va chidamli

Narx: Narx konsultatsiyada
Tish restavratsiyasi — zararlangan yoki shakli buzilgan tishlarni tabiiy ko'rinishi va funksiyasini to'liq tiklash jarayonidir. Davolashda Yaponiya va boshqa yetakchi davlatlarda ishlab chiqarilgan Estelite Quick va Palfique, Asteria kabi premium sinfga mansub svetovoy (fotopolimer) kompozit materiallardan foydalaniladi. Ushbu plombalar submikron to'ldiruvchilar asosida yasalgani sababli favqulodda yuqori mustahkamlikka ega va chaynash bosimiga mukammal bardosh beradi. Materiallar tish emalining rangi va shaffofligini nanodalajagacha taqlid qiladi, vaqt o'tishi bilan xira tortmaydi, silliqligini yo'qotmaydi va tish bilan bir butun bo'lib birikib ketadi.

Restavratsiya nima va kimga kerak?

Restavratsiya — tishning yo'qolgan qismini tish rangidagi kompozit material bilan qatlam-qatlam qayta qurish. U quyidagi holatlarda qo'llanadi:

  • tish singan yoki chetidan ko'chgan bo'lsa;
  • katta karies yoki eski qoraygan plomba bo'lsa;
  • old tishlar orasida tirqish (diastema) bo'lsa;
  • tish shakli yoki rangi qo'shni tishlardan farq qilsa;
  • tish milk chetida yeyilgan bo'lsa (ponasimon nuqson).

Qaysi materiallar ishlatiladi?

Biz Estelite, Palfique, Asteria kabi premium Yapon kompozitlaridan foydalanamiz. Ular submikron to'ldiruvchilar tufayli yaxshi silliqlanadi, emal rangi va shaffofligini tabiiy takrorlaydi va vaqt o'tishi bilan kam xiralashadi. Shifokor tishga mos rangni bir nechta tondan tanlab, emal va dentinni alohida qatlamlar bilan quradi — shuning uchun tiklangan joy ajralib turmaydi.

Bir tashrifda qanday o'tadi?

  1. Tish ko'rikdan o'tadi, kerak bo'lsa rentgen olinadi.
  2. Mahalliy og'riqsizlantirish, karies va eski plomba olib tashlanadi.
  3. Tish quruq muhitda izolyatsiya qilinadi — plomba yaxshi yopishishi uchun bu muhim.
  4. Kompozit qatlam-qatlam qo'yiladi va maxsus chiroq bilan qotiriladi.
  5. Shakl, tishlam tekshiriladi va tish oynadek silliqlanadi.

Ko'pincha restavratsiya bir tashrifda tugaydi, dars yoki ishdan keyin kelish mumkin.

Restavratsiya, vinir yoki koronka?

Tishning yarmidan ko'pi buzilgan bo'lsa yoki kanali davolangan chaynov tishi bo'lsa, kompozit uzoq chidamaydi — bunday holda koronka ishonchliroq. Bir nechta old tishning rangi va shaklini butunlay o'zgartirish kerak bo'lsa, vinir yaxshiroq natija beradi. Shifokor ko'rikda variantlarni solishtirib tushuntiradi.

Parvarish

Tiklangan tishni oddiy tish kabi parvarish qiling: kuniga ikki marta tozalang, qattiq narsalarni tishlamang. Qahva, choy va chekish kompozit rangiga ta'sir qilishi mumkin; har 6 oyda professional tozalash va silliqlash yangi ko'rinishini saqlaydi. Narxlar narxlar sahifasida.

Ko'p so'raladigan savollar

Restavratsiya qancha vaqt oladi?

Ko'pincha bitta tashrifda, bir tish uchun taxminan 1 soat atrofida.

Restavratsiya og'riydimi?

Yo'q, kerak bo'lsa mahalliy og'riqsizlantirish qilinadi.

Tiklangan tish rangi o'zgaradimi?

Premium kompozit kam xiralashadi, lekin qahva, choy va chekish ta'sir qilishi mumkin. Har 6 oyda silliqlash yangi ko'rinishni saqlaydi.

Old tishlar orasidagi tirqishni yopsa bo'ladimi?

Ha, ko'p hollarda tirqish (diastema) kompozit bilan bir tashrifda, tishni charxlamasdan yopiladi.

Boshqa xizmatlar

ImplantatsiyaAll-on-4All-on-6VinirlarSirkon koronkaTish qo'yishTish davolashTish oqartirishTish tozalashOrtodontiyaProtezTish olish

Biz bilan aloqa

Manzil
Chilonzor 19 kvartal 23-uy, Toshkent
Ish vaqti
Dushanba–Shanba
09:00–20:00
📞 Qo'ng'iroq qilish
Ijtimoiy tarmoqlar